AsosiyDunyo

AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirilgan.

'AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi'ning rasmi

AQSH harbiylari bugun, 5 may kuni husiylar nazoratidagi Sana shahrida joylashgan nishonlarga bir qator zarbalar berdi. Bu haqda “Al Arabiya”telekanali xabar berdi.

Uning manbalariga ko‘ra, AQSH Sana janubidagi As-Savad hududida husiylar tomonidan qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirgan.

Avvalroq husiylar nazoratidagi “Al Masirah” telekanali AQSH Sana va Al-Xudeyda provinsiyasidagi Ras-Iso portiga qator zarbalar bergani haqida xabar bergan edi.

    Boshqa yangiliklar