AsosiyDunyo

Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

Er-xotin koronavirusdan qo‘rqqani sabab farzandlarini uyda saqlab kelgan.

'Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi'ning rasmi

Ispaniyaning Ovedo shahrida politsiya to‘rt yil davomida o‘z farzandlarini uydan chiqarmagan 53 yoshli germaniyalik faylasuf va uning rafiqasini hibsga oldi. Bu haqda La Nueva Espana nashri xabar beradi. 

Qayd etilishicha, ota-ona buni o‘z oilasini turli kasalliklardan, birinchi navbatdan koronavirusdan himoya qilish maqsadida amalga oshirgan.

Er-xotinning uch nafar farzandi bor — 10 yoshli o‘g‘li va sakkiz yoshli egizaklari. Ular yashagan uyning derazalari mahkam yopilgan, tashqi dunyo bilan aloqa butunlay uzilgan. Oila hatto oziq-ovqat mahsulotlarini ham kurerlar orqali qabul qilib olgan.

Bolalar ovozini eshitib turadigan, ammo ularni hech qachon ko‘chada yurganini ko‘rmagan qo‘shni ayol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot organlari kuzatuv o‘rnatib, oilaning ayrim a’zolari umuman uyni tark etmasliklarini aniqlagan. 

Tekshiruv davomida bolalar qarovsiz holatda ekani ma’lum bo‘lgan. Uchalasi ham taglik va tibbiy niqoblarda bo‘lgan, tashqariga chiqqandagi xatti-harakatlari esa kuchli sezuvchanlikdan dalolat bergan — masalan, ular o‘t-o‘lanlarga hayrat bilan qarashgan. 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ota-ona farzandlari uchun hatto hojatxonaga qachon chiqishni ham qat’iy belgilab beruvchi jadval tuzib chiqqan. Ular maktabga qatnamagan. Shuningdek, bolalarga tarkibida tibbiyot kannabisi bor dori vositalari berib kelingan.

Er-xotin koronavirus va boshqa viruslardan qattiq qo‘rqqani sabab shunday yo‘l tutganini ma’lum qilgan. Hozirda bolalar vasiylikka topshirilgan bo‘lib, shifokorlar va ijtimoiy xizmatlar ular bilan ishlamoqda. Ota-ona esa hibsga olingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 22:28

    Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

    Neuralink insoniyat uchun yangi davrni boshlab bermoqda.

    'Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 17:52

    Eron AQSH bazalariga zarba berishi haqida ogohlantirdi

    Eron va AQSH 12 apreldan beri yadroviy muzokaralar olib bormoqda.

    'Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 17:37

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming nafar ishchi yubordi

    Rossiyalik ish beruvchilar shimoliy koreyalik ishchilarni kam haq evaziga har kuni 12 soatlab shikoyatsiz ishlashga tayyor bo‘lgani uchun ham qadrlashini bildirgan.

    'AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 15:47

    AQSH Yaman husiylarning qurol omborlariga zarba berdi

    Qurol saqlash uchun foydalanilgan omborlarga kamida uchta havo hujumi uyushtirilgan.

    'BMT Xavfsizlik Kengashi Kashmirdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 14:07

    BMT Xavfsizlik Kengashi Kashmirdagi vaziyat bo‘yicha favqulodda yig‘ilmoqda

    Bu haqda Pokistonning BMTdagi doimiy vakolatxonasi ma’lum qildi.

    'Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi'ning rasmi

    Dunyo 05.05.2025 14:03

    Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi

    Bunday avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirishda “Yevro-4” ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab etilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘layotgandi.