Afsonaviy Alkatras qamoqxonasi qayta ochilishi mumkin.
Donald Tramp o‘zining Truth ijtimoiy tarmog‘idagi posti orqali ma’lum qilishicha, u San-Fransisko ko‘rfazida joylashgan mashhur Alkatras orol to‘g‘onasidagi qamoqxonani qayta ochish va kengaytirishga qaror qilgan. Bu qamoqxona 62 yil avval yopilgan edi.
Trampning fikricha, ushbu qamoqxonada eng xavfli jinoyatchilar saqlanadi va u "qonun, tartib va adolat timsoli"ga aylanadi.
Alkatras dastlabda dengiz forti sifatida qurilgan. XX asr boshlarida u harbiy qamoqxonaga aylantirilgan. Keyinchalik, 1930-yillarda, qamoqxona fuqarolik Adliya vazirligi tasarrufiga o‘tkazilgan. U yerda, masalan, afsonaviy gangster Al Kapone qamoqda o‘tirgan.
Qamoqxona yopilgandan so‘ng, Alkatras haqida va u yerda bo‘lib o‘tgan voqealar asosida bir necha badiiy filmlar suratga olingan. Hozirda esa bu joy turistik maskan sifatida faoliyat yuritmoqda.
Qamoqxona juda qimmatga tushayotgani sababli yopilgan — AQSH Federal qamoqxonalar byurosi saytida qayd etilishicha, Alkatrasni saqlash boshqa federal qamoqxonalarga qaraganda uch barobar qimmatga tushgan.
Trampning rejasiga ko‘ra, qayta ochiladigan Alkatrasda faqat jamiyat uchun eng xavfli jinoyatchilar saqlanadi. Bu tashabbus AQSHda katta bahslarga sabab bo‘lishi kutilmoqda.
Abdulloh Sayyid