AsosiyJamiyat

Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda

Ushbu yuksak darajadagi tadbirga dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 70 dan ortiq nufuzli olimlar, muftiylar, islomshunoslar va xalqaro tashkilotlar vakillari tashrif buyurdi.

'Samarqandda Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya davom etmoqda'ning rasmi

Konferensiya O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tashkil etilmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining Axborot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ilhomjon Ma’rupov tadbirning maqsadi haqida quyidagicha fikr bildirdi:

— Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan jamiyatda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning boy ilmiy ma’naviy merosini chuqur o‘rganish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ushbu ishlarning uzviy davomi sifatida 2025 yilning 29-30 aprel kunlari Samarqand shahrida ushbu “Moturidiylik — bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” nomidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu esa barcha uchun juda foydali va kerakli tadbirdir. O‘zbekistonda buyuk allomalarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish va uni keng targ‘ib qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan mazkur konferensiya ham aynan shu maqsadlarga xizmat qiladi. Bu tadbir xalqaro hamjamiyatda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Xalqaro konferensiya doirasida ishtirokchilar Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qilishdi. Shuningdek, ilmiy sessiyalar, munozaralar va tajriba almashish orqali moturidiylik ta’limotining zamonaviy ahamiyati, uning tinchlik, bag‘rikenglik va ijtimoiy uyg‘unlikdagi o‘rni muhokama qilinmoqda.

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Shahzod Islomov konferensiyaning ahamiyati haqida shunday dedi:

— Bu anjuman yurtimizda ilm-fan, ajdodlar merosi va madaniyatga bo‘lgan chuqur hurmatni butun dunyoga namoyon etmoqda. Tashkilotchilar safida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Imom Moturidiy xalqaro markazi, Xalqaro islomshunoslik markazi, Musulmonlar idorasi kabi nufuzli tashkilotlar bor. Bu esa tadbirning xalqaro miqyosdagi obro‘sini yanada oshiradi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda 1,9 milliardga yaqin musulmon aholisining 750 milliondan ortig‘i moturidiylik aqidaviy maktabiga mansub hisoblanadi. Bu esa Imom Moturidiy merosining nafaqat tarixiy, balki dolzarb zamonaviy ahamiyatga ham ega ekanligini anglatadi. Samarqandda davom etayotgan bu xalqaro konferensiya yurtimizning diniy-ma’rifiy sohadagi yetakchilik pozitsiyasini yana bir bor tasdiqlamoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 22:20

    Saida Mirziyoyeva “Insoniy birodarlik” nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

    Bugun u Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom bilan uchrashgan.

    'Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 21:10

    Prezident yangi poyezdda Xivaga bordi

    Davlat rahbari “Buxoro-Urganch-Xiva” temir yo‘l infratuzilmasini ko‘zdan kechirdi.

    'Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 19:38

    Xorazmga qariyb 8 million dollarlik 80 ta zamonaviy avtobus olib kelinmoqda

    Prezident viloyatda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

    'Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 01.05.2025 08:58

    Toshkentda ishlab chiqarish sexi yonib ketdi

    FVV hodisa oqibatida tan-jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini yozmoqda.

    'Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 21:56

    Toshkent viloyatida erkak o‘zini osib qo‘ydi

    Marhumning o‘z joniga qasd qilish sabablariga aniqlik kiritish maqsadida tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

    'Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat 30.04.2025 20:44

    Bu yil yangi Al-Xorazmiy universiteti ish boshlaydi

    Universitetda matematika, informatika, aerokosmik texnologiyalar muhandisligi hamda sun’iy intellekt fakultetlari bo‘ladi.