AsosiyDunyo

Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolning uyida tintuv o‘tkazdi

Bu harakat uning oila a’zolari va munozarali nasroniy pastor Jon Son Be o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha surishtiruv doirasida amalga oshirildi.

'Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezident Yun Sok Yolning uyida tintuv o‘tkazdi'ning rasmi

Prokuratura Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolning shaxsiy uyini tintuv qildi. Bu harakat uning oila a’zolari va munozarali nasroniy pastor Jon Son Be o‘rtasidagi munosabatlar bo‘yicha surishtiruv doirasida amalga oshirildi.

Seul Janubiy tumani prokuraturasi xodimlari va tergovchilari tongda Seulning Soo‘chxo tumanida joylashgan Yunning yashash manziliga borib, Jon Son Be (dunyoviy ismi - Gen Chjin) bilan bog‘liq gumonlar yuzasidan ehtimoliy dalillarni qo‘lga kiritishga urinishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, prokuratura Yun 2022 yilda prezident etib saylanganidan ko‘p o‘tmay, Birlashgan Cherkovning yuqori lavozimli rasmiysi tomonidan Jonga olmos bo‘yinbo‘g‘i va qimmatbaho DIOR sumka taqdim etilgani, bundan maqsad birinchi xonim Kim Gon Xiga sovg‘a yuborish bo‘lgani haqidagi da’volarni tekshirmoqda.

Shuningdek, prokurorlar ushbu sovg‘alar haqiqatan ham Jonga yetkazilganmi va Kim Gon Xiga topshirilganmi — shu kabi savollarga ham javob izlashmoqda.

Ma’lumot uchun, aprel oyi boshida Yun Sok Yol lavozimidan butunlay chetlatilgan edi. Yun 2024 yil dekabrida mamlakatda harbiy holat e’lon qilishga muvaffaqiyatsiz uringani bois, parlament uni isyonga urinishda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qilgan. 

Abdulloh Sayyid

    Boshqa yangiliklar