AsosiyDunyo

Tramp Rossiya va Ukraina shu haftada sulh tuzishiga umid qilmoqda

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat orasida tinchlik bitimi tuzilgach, Moskva ham, Kiyev ham AQSH bilan yirik biznes yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

'Tramp Rossiya va Ukraina shu haftada sulh tuzishiga umid qilmoqda'ning rasmi

Rossiya va Ukraina joriy haftada tinchlik bitimini tuzishi mumkin. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat orasida tinchlik bitimi tuzilgach, Moskva ham, Kiyev ham AQSH bilan yirik biznes yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

“Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi. Shunda har ikki tomon ham gullab-yashnayotgan va boylik orttirayotgan Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan katta biznesni boshlaydi”, deya yozgan AQSH rahbari.

Tramp kelishuvning qanday borayotgani va bunga qanday qilib erishish mumkinligi haqida hech narsani ochiqlamagan.

Ma’lumot uchun, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio 18 aprel kuni Parijda Ukraina va Yevropa yetakchilari bilan uchrashuvdan so‘ng, yaqin kunlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik bitimiga erishishda siljish bo‘lmasa, AQSH vositachilik sa’y-harakatlarini to‘xtatishini bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil davomida AQSH Ukraina tarafida bo‘lgan, hozir esa mojaroning tugashini istaydi.

    Boshqa yangiliklar