AsosiyDunyo

Arab davlatlari yana G‘azodagi vaziyatni qoralash bilan cheklanishdi

Turkiyaning Antaliya shahrida arab davlatlari yetakchilari diplomatik forum o‘tkazishdi.

'Arab davlatlari yana G‘azodagi vaziyatni qoralash bilan cheklanishdi'ning rasmi

Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan diplomatik forumda arab davlatlari yetakchilari yana bir bor G‘azo aholisini majburiy ko‘chirish bo‘yicha har qanday urinishni qoralab, mintaqada zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Antaliya shahrida o‘tkazilgan Arab-Islom sammiti G‘azo aholisini majburan ko‘chirishoariga qarshi ekanini yana bir bor tasdiqladi va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi. Qo‘mita Turkiyaning Antaliya shahridagi diplomatik forum doirasida o‘z pozitsiyasini yangiladi. 

Juma kuni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazilgan G‘azo bo‘yicha Arab-Islom qo‘mitasining yig‘ilishida G‘azo aholisini majburiy ko‘chirish bo‘yicha har qanday urinish qat’iyan rad etilib, mintaqada zudlik bilan o‘q uzishni to‘xtatish lozimligi ta’kidlandi. Bu haqda yig‘ilishda ishtirok etgan davlatlar rasmiy bayonotlarida ma’lum qilindi.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga ko‘ra, uchrashuvda mamlakat Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farhon ishtirok etgan. Yig‘ilishda “G‘azodagi vaziyat rivoji, xalqaro huquq va insonparvarlik qonunchiligiga qarshi Isroil tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan barcha qoidabuzarliklarga qarshi qo‘shma harakatlarni kuchaytirish, falastinlik xalqiga qarshi jiddiy huquqbuzarliklarga qarshi turish va ularni hayotga yaroqsiz holga keltiruvchi siyosatlar orqali amalga oshirilayotgan ko‘chirilish urinishlarini rad etish” masalalari muhokama qilindi.

Misr Tashqi ishlar vazirligi ham alohida bayonot bilan chiqib, uchrashuvda vazir Badr Abdelati qatnashganini ma’lum qildi. Qohira 19 yanvarda kuchga kirgan o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvini to‘liq va zudlik bilan amalga oshirishga qaratilgan harakatlar haqida ma’lumot berdi.

Misr bayonotiga ko‘ra, yig‘ilishda kelishuvning ikkinchi bosqichiga o‘tish zarurligi — ya’ni garovga olinganlar va mahbuslarni ozod qilish, shuningdek, Isroil kuchlarining G‘azodan chiqishi haqida ham gap bordi.

Abdelati G‘azoning demografik tarkibini o‘zgartirishga qaratilgan ko‘chirish va Falastin xalqini o‘z yurtlaridan tashqariga joylashtirish rejalarini Misr qat’iy rad etishini yana bir bor ta’kidladi. U “bunday harakatlar xalqaro insonparvarlik huquqini ochiqdan-ochiq buzish, tinchlik harakatlarini izdan chiqarish va butun mintaqa tinchligi hamda xavfsizligiga tahdid” ekanini qayd etdi.

Iordaniya Tashqi ishlar vazirligi ham bayonot berib, vazir Ayman Safadiy yig‘ilishda qatnashganini bildirdi.

Qo‘mitani Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Misr, Qatar, Bahrayn, Turkiya, Indoneziya, Nigeriya, Falastin va BAA tashqi ishlar vazirlari, shuningdek Arab Ligasi va Islom Hamkorlik Tashkiloti bosh kotiblari tashkil etadi. Yig‘ilishda Ispaniya, Sloveniya, Norvegiya, Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiyadan ham vakillar ishtirok etdi.

Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

    'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:58

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

    Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 14:13

    'Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 04:42

    Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda

    Hozirda hududdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, voqealar tafsilotlari esa aniqlashtirilmogda.

    'Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 02:55

    Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV

    Isroilning Dimona shahridagi yadroviy reaktor loyihasining katta qismi Gʻarbiy Germaniya tomonidan yashirin moliyalashtirilgani aytilmoqda.