AsosiyDunyo

Fransiyaga tegishli kema Hormuz boʻgʻozidan oʻtdi

Urush boshlandan beri ilk Yevropa kemasi Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi.

'Fransiyaga tegishli kema Hormuz boʻgʻozidan oʻtdi'ning rasmi

Fransiyaga tegishli kema Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tdi. Bu AQSh—Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinliklar tufayli muhim transport yo‘li amalda yopilganidan bir oydan ortiq vaqt o‘tgach sodir bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, Frantsiyaning CMA CGM kompaniyasiga tegishli, Malta bayrog‘i ostidagi konteyner kemasi bo‘g‘ozdan o‘tgan. Bu haqda BFM TV xabar bergan. Kompaniya hodisa yuzasidan izoh berishdan bosh tortgan.

Yuk tashish tahlilchilariga ko‘ra, bu urush boshlanganidan beri G‘arbiy Yevropaga tegishli yirik kompaniya kemasining bo‘g‘ozdan birinchi marta o‘tishi hisoblanadi.

Eron tomoni "dushman bo‘lmagan kemalar" ushbu suv yo‘lidan foydalanishi mumkinligini bildirgan. Biroq davom etayotgan mojarolar va ayrim kemalarga qilingan hujumlar odatiy yuk tashish faoliyatini izdan chiqargan.

Kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra, fransuzlarga tegishli kema Ummon sohili tomondan, ya’ni Eron suv hududiga qarshi tomondan harakatlangan. Kema qanday yuk tashigani ochiqlanmagan.

Shuningdek, Yaponiya tegishli kema ham bo‘g‘ozdan chiqib ketgani ma’lum qilindi. Bu haqda MOL kompaniyasi xabar bergan.

"Kema va ekipaj a’zolarining xavfsizligi ta’minlangan", — deyiladi kompaniya bayonotida.

Xabarlarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda bo‘g‘ozdan o‘tgan ayrim kemalar Ummon sohiliga odatdagidan ancha yaqin masofada harakatlangan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Afg‘onistonda Hindukush tog‘laridagi zilzilada 8 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:56

    Afg‘onistonda Hindukush tog‘laridagi zilzilada 8 kishi halok bo‘ldi

    Kobul chekkasida bir oilaning sakkiz nafar a’zosi halok bo‘lgan.

    'Zelenskiy: Rossiya “Pasxa eskalatsiyasi”ni tanladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:08

    Zelenskiy: Rossiya “Pasxa eskalatsiyasi”ni tanladi

    Vladimir Zelenskiy Rossiyani oʻt ochishni toʻxtatish oʻrniga “Pasha eskalatsiyasi”ni tanlaganlikda aybladi.

    'AQShda ish o‘rinlari mart oyida kutilmagan darajada oshdi'ning rasmi

    Dunyo 03.04.2026 16:57

    AQShda ish o‘rinlari mart oyida kutilmagan darajada oshdi

    AQSH mehnat departamenti ma’lum qilishicha, ish beruvchilar 178 mingta yangi ish o‘rni yaratgan.

    'Rossiyada poezd halokati: 7 vagon reldan chiqdi'ning rasmi

    Dunyo 03.04.2026 08:10

    Rossiyada poezd halokati: 7 vagon reldan chiqdi

    Voqea joyida qutqaruv va tibbiy xizmatlar ish olib bormoqda.

    'BMT Erondagi hibslar va qatllardan havotir bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 10:46

    BMT Erondagi hibslar va qatllardan havotir bildirdi

    BMT Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Yaqin Sharqdagi mojaro fonida fuqarolik makoni va so‘z erkinligiga bosim keskin oshganini ma’lum qildi.

    'Insoniyatning Oyga qaytishi boshlandi: Artemis II muvaffaqiyatli uchirildi'ning rasmi

    Dunyo 02.04.2026 05:10

    Insoniyatning Oyga qaytishi boshlandi: Artemis II muvaffaqiyatli uchirildi

    NASAning Artemis II missiyasi Florida sohillaridan muvaffaqiyatli start oldi va ekipajni Oy atrofida aylanish uchun tarixiy sayohatga olib chiqdi.