AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

'Shavkat Mirziyoyev BAA Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni tavallud kuni bilan samimiy tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

Mamlakatimiz yetakchisi BAA Prezidentiga mustahkam sog‘lik va farovonlik, davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar, do‘st Amirliklar xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi. Davlat rahbarlari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon oyi munosabati bilan ham bir-birlarini samimiy qutladilar.

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirgan tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochib, ularni strategik sheriklik darajasiga ko‘targani alohida ta’kidlandi. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish uchun alohida "yo‘l xaritasi" qabul qilindi.

Yetakchilar O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalarda jadal rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar. Tovar ayirboshlash va investitsiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni izchil ortib bormoqda.

Bugungi kunda 20 milliard dollarlik loyihalar portfeli doirasida Amirliklarning yetakchi kompaniyalari bilan "yashil" energetika, raqamlashtirish, sun’iy intellekt, shaharsozlik va infratuzilma, turizm, xususiy biznes kabi muhim yo‘nalishlarda faol hamkorlik qilinmoqda.

Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo - Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqotining ikkinchi sammitini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 18:04

    Prezident 8-9 may kunlari Moskva shahriga boradi

    Davlatimiz rahbari Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

    'Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 17:50

    Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi

    Uning rahbarligidagi Hukumatning boshqaruvi ostida Germaniya o‘z mavqeini yanada mustahkamlashda davom etishiga ishonch bildirdi.

    'Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi'ning rasmi

    Siyosat 07.05.2025 08:46

    Prezident Xitoyda yuz bergan fojia yuzasidan Si Szinpinga ta’ziya yo‘lladi

    Guychjou provinsiyasida kuchli shamol daryoda suzib yurgan to‘rtta sayyohlik kemasini ag‘darib yuborishi oqibatida 10 kishi halok bo‘lgandi.

    'Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

    Siyosat 03.05.2025 15:12

    Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

    O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.

    'Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi'ning rasmi

    Siyosat 29.04.2025 11:52

    Rossiyada migrantlarga beriladigan ruxsat muddati uzaytirildi

    Putin xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun Rossiyada qolish yoki mamlakatni tark etish bo‘yicha berilgan muddatni 2025 yil 10 sentyabrga qadar uzaytirdi.

    'Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin'ning rasmi

    Siyosat 26.04.2025 18:09

    Donald Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

    Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lum qildi.