AsosiyDunyo

ChatGPT noshiri OpenAI millarder Ilon Mask qo‘liga o‘tishi mumkin

Mask sun’iy intellekt giganti OpenAI'ni sotib olishni rejalashtirmoqda.

'ChatGPT noshiri OpenAI millarder Ilon Mask qo‘liga o‘tishi mumkin'ning rasmi

ChatGPT noshiri OpenAI millarder Ilon Mask qo‘liga o‘tishi mumkin

Mask sun’iy intellekt giganti OpenAI’ni sotib olishni rejalashtirmoqda. Reuters axborot agentligining xabar qilishicha, Ilon kompaniyani open source tamoyiliga o‘tkazib, butun insoniyatga foyda keltiradigan neyrotarmoqlar yaratishni va’da qilmoqda.

Ilon Mask boshchiligidagi investorlar guruhi OpenAI ning nazoratini qo‘lga kiritish maqsadida 97,4 milliard dollarlik taklif bilan chiqdi. Bu harakat Mask va OpenAI bosh direktori Sem Altman o‘rtasidagi mavjud ziddiyatlarni yanada kuchaytirishi mumkin.

Mask OpenAI ni 2015 yilda Altman bilan birgalikda nodavlat notijorat tashkilot sifatida asos solgan, ammo kompaniyaning rivojlanishidan avvalroq uni tark etgan edi. 2023 yilda u raqobatchi xAI sun’iy intellekt startapini tashkil qildi.

OpenAI hozirda nodavlat notijorat tashkilotidan tijorat maqsadli kompaniyaga aylanishni rejalashtirmoqda, bu esa sun’iy intellekt modellarini rivojlantirish uchun zarur kapitalni jalb qilishga qaratilgan. Mask esa bu o‘zgarishlarga qarshi chiqib, OpenAI ni avvalgi ochiq manbali va xavfsizlikka yo‘naltirilgan tashkilot sifatida saqlab qolishni istamoqda.

Sem Altman Maskning taklifiga javoban, "Yo‘q, rahmat, ammo agar xohlasangiz, biz Twitter'ni 9,74 milliard dollarga sotib olamiz", deb yozdi. Bu bilan u Maskning 2022 yilda Twitter'ni sotib olishini esga oldi.

Albatta bu hazil bayoot, chunki yakuniy qarorni OpenAI direktorlar kengashi qabul qiladi.

Shunday bo‘lsada, Maskning taklifi OpenAI ning tijorat maqsadli kompaniyaga aylanish jarayonini murakkablashtirishi mumkin. Ayrim tahlilchilarning fikricha, bu taklif OpenAI ning kelajakdagi moliyalashtirish jarayonlariga ta’sir qilishi mumkin.

Mask avvalroq OpenAI va Altmanga qarshi sudga murojaat qilib, ularni sun’iy intellektni rivojlantirishda jamoat manfaatlaridan ko‘ra foydani ustun qo‘yganlikda ayblagan edi. U OpenAI ni tijorat maqsadli kompaniyaga aylanishini to‘xtatishni talab qilgan.

Bu voqealar Mask va Altman o‘rtasidagi sun’iy intellekt sohasidagi raqobat va qarama-qarshiliklarni yanada kuchaytirmoqda.

                                             Abdulloh Sayyid

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:25

    Tramp Zelenskiyga 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish rejimini taklif qildi

    Bu haqida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Ukraina rahbari bilan bo‘lib o‘tgan telefon orqali suhbatda aytgan.

    'YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:09

    YI AQSh avtomobil va samolyotlariga boj solishi mumkin

    Bojlarning qiymati 95 milliard yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:53

    'Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 20:10

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya aktivlaridan 1 milliard yevro ajratdi

    Ushbu yordam paketi iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun sarflanadi.

    'Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 13:08

    Hindistonda vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

    Shaxsiy maqsadlarda foydalanilgan yetti o‘rindiqli vertolyot Gangotri tomon yo‘l olgan bo‘lgan.

    'Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi'ning rasmi

    Dunyo 08.05.2025 12:59

    Kardinallar birinchi urinishda yangi papani saylay olmadi

    Sistina ibodatxonasining tomiga o‘rnatilgan mo‘ridan chiqayotgan qora tutun saylash tugallanmaganligidan dalolat beradi.