AsosiyJinoyat

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida erkak o‘z xotiniga 25 marta pichoq urdi

Ayolning baqirishiga qo‘shnisi chiqib, tez yordam chaqirgan.

'Toshkent shahrining Yangihayot tumanida erkak o‘z xotiniga 25 marta pichoq urdi'ning rasmi

Joriy yilning 1-fevral kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida erkak o‘z xotiniga pichoq bilan hujum qildi.

Ayolning baqirishiga qo‘shnisi chiqib, tez yordam chaqirgan. Shifokorlarning tezkorligi tufayli jabrlanuvchi tirik qoldi va hozirda shahar shifoxonalaridan birida davolanmoqda.

Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, shu yilning 1-fevral kuni uning eri janjal ko‘tarib, shundan so‘ng uning tanasining turli joylariga 25 marta pichoq urgan. Nizoga erkakning o‘zlari yashayotgan xonadonni sotish niyati sabab bo‘lgan. U xotiniga uyni sotishini, ayolni esa ikki bolasi bilan ko‘chada qoldirishini aytgan.

"Men undan buni kutmagandim. Kvartirani sotishga qarshi ekanligimni aytdim, ikki bola bilan qayerga borishimni so‘radim? Va xonaga kirganimda, orqamdan birinchi zarbani his qildim. Men undan qilgan ishi uchun eng og‘ir jazo berilishini so‘rayman", - dedi jabrlanuvchi.

Holat bo‘yicha Yangixayot tumani prokuraturasi tomonidan odam o‘ldirishga suiqasd moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasiga asosan, gumonlanuvchi protsessual tartibda qo‘lga olinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat Bugun 09:54

    Jizzaxda fuqaroni Meksika orqali AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    Ma’lum qilinishicha, “firibgar” mazkur “yordami” evazga fuqarodan 200 million olmoqchi bo‘lgan.

    'O‘zbekistonda ushlangan Tojikistonning sobiq hokimi qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 08.05.2025 10:35

    O‘zbekistonda ushlangan Tojikistonning sobiq hokimi qamaldi

    Ma’lum qilinishicha, u pora va firibgarlikda aybdor deb topilib, 12 yilga qamalgan.

    'Uch viloyatda jami 12,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 07.05.2025 11:38

    Uch viloyatda jami 12,5 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani ochiqlandi

    Aniqlangan holatlar yuzasidan qayta hisob-kitob qilingan holda to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    'Uch viloyatda 953 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlangani ochiqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 06.05.2025 12:11

    Uch viloyatda 953 mln so‘mlik elektr o‘g‘irlangani ochiqlandi

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda .

    'Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi'ning rasmi

    Jinoyat 06.05.2025 08:42

    Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqaruvchi yashirin sex fosh etildi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi'ning rasmi

    Jinoyat 05.05.2025 09:14

    Toshkent hamda Namanganda noqonuniy energiya ishlatilgani fosh bo‘ldi

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.