AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan ko‘zlangan yakuniy maqsadni aytdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini aytgandi.

'Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan ko‘zlangan yakuniy maqsadni aytdi'ning rasmi

Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonidagi hozirgi holat haqida qisqacha ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, 2024 yilda mamlakat ushbu yo‘nalishda katta qadam tashladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan qat’iy iqtisodiy islohotlar natijasida amalga oshdi. Xususan, o‘tgan yili JST ishchi guruhi ikkita muhim yig‘ilish o‘tkazdi. Bu a’zolikning asosiy hujjati — ishchi guruh hisoboti loyihasini tayyorlashga kirishishga imkon berdi.

Shuningdek, AQSH, Xitoy va Yaponiya kabi 15 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Natijada O‘zbekiston hisobida 23 ta imzolangan bitim bor.

Qisqa vaqt ichida biznesni va raqobatni yanada shaffof qilish uchun 20 ta muhim qonun qabul qilindi. Uning qayd etishicha, tez orada tashkilotning to‘laqonli a’zosi bo‘lish uchun 2025 yilda ham O‘zbekiston shu sur’atda davom etadi. Bu mamlakatning investitsion jozibadorligini oshirishi hamda o‘zbek biznesining mintaqaviy va global qo‘shilgan qiymat zanjirlariga kirib borishini ta’minlashi lozim.

 “JSTga a’zolik va davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlarning yakuniy maqsadi, shubhasiz, xalqimiz farovonligini ta’minlash, unga munosib ish o‘rinlarini yaratish va iqtisodiyot boshqaruvini samaraliroq tizimga o‘tkazishdir”, dedi prezident yordamchisi.

O‘zbekiston 2026 yilgacha Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lmoqchi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:51

    Ikkki hududda mansabdorlar pora bilan ushlangdi

    Jizzaxda hokimlik bosh mutaxassisi, Qoraqalpog‘istonda esa hokimiyat vakili pora bilan qo‘lga tushdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:09

    'Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:29

    Namanganda megafondan foydalangan haydovchi 1,5 yilga "pravasi"dan mahrum etildi.

    Маълум бўлишича, Chevrolet Malibu русумли автомашинани бошқариб кетаётган ҳайдовчи мегафон орқали бошқа ҳайдовчилардан йўлни бўшатишни талаб қилган. У мазкур ҳаракатларини видеога олиб, ижтимоий тармоқларда ҳам тарқатган.

    'Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:00

    Toshkent va Farg‘onada narkojinoyatlar fosh qilindi

    Ikki viloyatdan 4 kishi ushlanib, ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:13

    Hindistonda YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

    Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, hodisa shaxsiy transport vositasi ishtirokida sodir bo‘lgan.

    'Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:18

    Bugun harorat 15 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zgidromet 14 mart kungi ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.