AsosiyJamiyat

Toshkentda taksichi va uning sherigi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

'Toshkentda taksichi va uning sherigi uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga 12 mln so‘m kredit oldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda taksi haydovchisi mijozga suv ichirib uxlatib qo‘yib, uning nomiga 12 mln so‘m mikrokredit rasmiylashtirib olgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, taksiga chiqqan ayol shu kuni avvaldan spirtli ichimlik ta’sirida mast holda bo‘lgan. Ayol telefonini haydovchiga manzil geolokatsiyasini ko‘rish uchun o‘z ixtiyori bilan berib qo‘ygan va uxlab qolgan. Ijtimoiy tarmoqlarda aytilayotganidek taksichi mijozni narkotik modda qo‘shilgan suv berib hushidan ayirmagan.

Avtomashina haydovchisi va uning sherigi uxlab qolgan mizojning telefonidagi ilova orqali uning nomiga onlayn banklarning biridan 12 million so‘m mikroqarz rasmiylashtirgan. Pulni o‘z kartasiga o‘tkazib, bankomatdan yechib olgan.

Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida har ikkala shaxs ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar qoplab berilgan. Tergov harakatlari davom ettirilmmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:05

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:58

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    'Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Ronaldo yangi klublarga sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda

    Portugaliyalik futbol yulduzi Cristiano Ronaldo Ispaniyaning "Almeriya" klubidagi ulushi bilan cheklanib qolmoqchi emas.

    'Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    Eronga boradigan mojar sabab 5 ta aviareys ortga qaytdi

    Hozir Eron va Isroil o'rtasidagi keskinlik sabab havo hududlari yopildi.

    'Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi

    BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo'lganini tasdiqlagan.