AsosiyJamiyat

O‘zbekistonlik avtofiribgar Istanbulda qo‘lga olindi

Jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

'O‘zbekistonlik avtofiribgar Istanbulda qo‘lga olindi'ning rasmi

Turkiya va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Istanbul shahrida qo‘lga olingan, 2015 yildan buyon avtomobil oldi-sotdi sohasida ko‘plab firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib qidiruvda bo‘lgan, 1969 yilda tug‘ilgan “I.U.B.” 2025 yil 11 yanvar kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar qildi.

Ushbu shaxsning hatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish so‘raladi.

Jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy ta’qib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi.

 "Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonamizga kelayotgan murojaatlar soni ortganligini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlarga aldanib qolishdan ogoh bo‘lishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:43

    Haj ziyorati bahonasida 9 ming dollarlik firibgarlik fosh etildi

    Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:37

    Samarqandda 11 ta gaz shohobchasi narx oshirgani uchun jarimaga tortildi

    Fuqarolar metan narxi qo‘shni tumanlarga nisbatan qimmatligi va keskin oshganidan shikoyat qilgan.

    'Navoiyda YTH ortidan 16 yoshli yigit vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:43

    Navoiyda YTH ortidan 16 yoshli yigit vafot etdi

    Hodisa Karmana tumanida sodir bo‘lgan.

    '"Qoplonbek" postida janjal bo'ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:01

    "Qoplonbek" postida janjal bo'ldi

    Yuk tashuvchi 10 sutkaga qamaldi.

    'Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:57

    Namanganda bank bosh yuriskonsulti pora bilan ushlandi

    Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'O‘zbekistonda 3 oyda 62 kishi ish joyida halok bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 27.04.2026 11:45

    O‘zbekistonda 3 oyda 62 kishi ish joyida halok bo‘ldi

    Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ma’lum qildi.