AsosiyJamiyat

O‘zbekistondan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi

Mazkur chora urug‘chilik korxonalarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

'O‘zbekistondan oq va chiziqli kungaboqar urug‘larini olib chiqishga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi'ning rasmi

24 dekabr kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi kungaboqar urug‘ini yetishtiruvchilarning eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, 20 dekabrdan boshlab barcha tadbirkorlarga tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, kungaboqar urug‘ini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat berildi.

Qaror oq kungaboqar urug‘lari (TIF TN kodi 1206 00 990 0) va oq chiziqlar bilan kulrang qobiqdagi urug‘lar (TIF TN kodi 1206 00 910 0) uchun amal qiladi.

2022 yilning may oyida prezident qarori bilan kungaboqar va o‘simlik yog‘i, shuningdek, kungaboqar urug‘lari va boshqa yog‘li o‘simliklarni eksport qilishga cheklovlar kiritilgandi.

2024 yilning mart oyida hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga nisbatan cheklovlar biroz yengillashtirilgandi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berilgan.

Prezident 10 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir o‘rinbosariga o‘simlik yog‘i eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilish taklifini o‘rganishni topshirgandi.

Shavkat Mirziyoyev noyabr oyida Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida 10 ming gektar maydonda kungaboqarni takroriy ekish sifatida yetishtirish zarurligini ta’kidlangan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:31

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:37

    'Urushda qatnashgan o‘zbekistonga sud hukm o‘qidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:04

    Urushda qatnashgan o‘zbekistonga sud hukm o‘qidi

    Россия ва Украина ўртасидаги урушда қатнашган Ўзбекистон фуқароси Наманган туман судининг қарорига кўра, 9 йил 6 ой озодликдан маҳрум қилинди.

    'Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin

    Noqulay ob-havo sharoyiti tufayli poytaxtda jamoat transporti belgilangan harakat jadvalidan chetga chiqishi ehtimoli mavjud.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:05

    'Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi

    Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.