AQSH saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimga kirishgan kunidayoq "transgender ahmoqlikni to‘xtatishga" va’da bergan.
"Men bolalarning jinsiy mayib qilinishiga chek qo‘yish, harbiylar hamda boshlang‘ich, o‘rta maktablarda transgender siyosatiga barham berish to‘g‘risidagi buyruqni imzolayman", degan Tramp.
U yana erkaklarni ayollar sportiga yaqinlashtirmaslikka va’da bergan.
Tramp birinchi prezidentlik davrida Oq uy "jins" ta’rifini "biologik jins" deb talqin qilgan bo‘lsa, Jo Bayden ma’muriyati buni "gender identifikatori" deb talqin qilgan.






