AsosiyJamiyat

Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisaga 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilindi.

'Qibrayda yirik yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Bugun, 10 dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Toshkent viloyati, Qibray tumani, “G‘afur G‘ulom” MFY, A.Navoiy ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV xabar qilmoqda.

Xabarga asosan, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyigi yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va soat 05:50 to‘liq o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari-Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov, viloyat FVB rahbariyati hamda tegishli tashkilotlar rahbar xodimlari yetib borgan.

    Boshqa yangiliklar