AsosiyDunyo

Turkiyada qor yog‘ib, maktablar yopildi

Kuchli yog‘ingarchilik sabab vafot etganlar bor.

'Turkiyada qor yog‘ib, maktablar yopildi'ning rasmi

Turkiyada 25 noyabr, dushanba kuni qor yog‘ishi natijasida 20 ta viloyat va yana besh viloyatning bir qismida ta’lim jarayonlari to‘xtatildi. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

 Mahalliy nashrlarning xabar berishicha, mamlakat sharqidagi Malatya viloyatida 787 nafar fuqaro yo‘llardagi qor ko‘chishidan qutqarilgan.

 Hekimxon viloyatida besh nafar cho‘pon tog‘da qor ostida qolib ketdi. Ular qutqarilgan, biroq ulardan biri keyinroq kasalxonada vafot etgan.

 Yo‘llarni tozalash va fuqarolarni qutqarish ishlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar