AsosiyJamiyat

O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegarasidan ID-karta orqali o‘tish mumkin bo‘ladi

Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

'O‘zbekistonning Qozog‘iston va Tojikiston bilan chegarasidan ID-karta orqali o‘tish mumkin bo‘ladi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi o‘tkazilmoqda.

Unda mamlakatni har tomonlama rivojlantirish uchun samarali tashqi siyosat olib borish, do‘st va hamkorlar doirasini kengaytirish, yaqin qo‘shnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirish o‘ta muhim vazifa ekanligi qayd etildi.

Shu maqsadda prezident Tashqi siyosat konsepsiyasini yangi tahrirda qabul qilish zarurligini ta’kidladi.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash tashqi siyosatda ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi. Kelgusi yili yurtimizda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo beshligi” uchrashuvi shu yo‘ldagi yana bir ulkan amaliy qadam bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda fuqarolar Qirg‘izistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi shunday tartibni Qozog‘iston va Tojikiston bilan ham joriy etish rejalashtirilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boshqa yetakchi hamkor davlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari bilan samarali va tizimli aloqalarni yanada rivojlantirish doimo e’tibor markazida bo‘lishi ta’kidlandi.

Prezident fursatdan foydalanib, bugungi yig‘ilishda ishtirok etayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillarini qutladi, islohotlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, hududlarga chiqib, yangilanish va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishib, o‘z davlatlaridagi tajribalar bilan o‘rtoqlashayotgani uchun xalq nomidan minnatdorlik bildirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bekoboddа 11 sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:00

    Bekoboddа 11 sinf o‘quvchisi pichoqlab o‘ldirildi

    Toshkent viloyatining Bekobod shahrida voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi janjal fojia bilan yakunlandi.

    'AQSHda kuchli bo‘ron va tornado: qurbonlar bor'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:34

    AQSHda kuchli bo‘ron va tornado: qurbonlar bor

    Tabiiy ofat oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi jarohatlandi.

    'Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    Sirdaryoda kadastr xodimi pora bilan ushlandi

    Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida kadastr bo‘limi bosh inspektori pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:34

    Farg‘onada yashirin hujra tashkil qilgan shaxs qo‘lga olindi

    Bu haqda Farg'ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar qildi.

    'Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:32

    Mirziyoyev kimyo sanoatida 9,5 mlrd dollarlik loyihalarni jadallashtirishni topshirdi

    Shavkat Mirziyoyev 11 mart kuni kimyo sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    Bloger Sirojiddin Odilov firibgarlikda gumonlanib qamoqqa olindi.

    Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, blogger Sirojiddin Odilov firibgarlik va pora berish bilan bog‘liq holda gumonlanib qamoqqa olindi.