AsosiyJamiyat

Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi

Taynlovga qadar u Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

'Yangiyo‘l shahriga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

Ayni paytda Xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda hududdan saylangan deputatlar, shahar huquq-tartibot organlari, hududdagi korxona va tashkilot rahbarlari, faollar qatnashmoqda. 

Sessiya ishida viloyat hokimining Sultanov Dilshod Shuxratovichni shahar hokimi lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. 

Uning o‘rniga Raimov Ravshan Isakdjanovich – Yangiyo‘l shahri hokimi etib tayinlandi.

R. Raimov 1976-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mutaxassisligi-iqtisodchi.

U faoliyati davomida Davlat soliq tizimida bir qator rahbarlik lavozimlarda, shuningdek, 2020-2023-yillarda Toshkent viloyati  davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan. 

Tayinlovga qadar, Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

    Boshqa yangiliklar