AsosiyJamiyat

Xitoyda dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumlari topildi

Olimlar topilma kech bo‘r davriga tegishli ekanini aniqlashdi.

'Xitoyda dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumlari topildi'ning rasmi

Olimlar Xitoy janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasida toshga aylangan dunyodagi eng kichik dinozavr tuxumini topdi.

Qayd etilishicha, mazkur kashfiyot uzoq vaqtdan beri yo‘q bo‘lib ketgan mavjudotlar evolyutsiyasi haqida tushuncha beradi.

“Ushbu dinozavr tuxumlarining o‘lchami kichik, qobiqlari yupqa va chuvalchangsimon tugunlari bor, bu xususiyatlar allaqachon ma’lum bo‘lgan boshqa tosh qotgan qoldiqlardan farq qiladi. Ilgari Xitoyda topilgan eng kichik dinozavr tuxumining o‘lchami taxminan 45,5 x 40,4 x 34,4 mm bo‘lgan. Mazkur tuxumning uzunligi esa 29 millimetrni tashkil etadi”, dedi Szyansi provinsiyasi geologik qidiruv instituti rahbari Lu Fasheng.

U boshchiligidagi tadqiqotchilar guruhi 2021 yilda Guanchjou shahrida oltita toshga aylangan tuxumlarni topgan edi. Uch yil o‘tgach, kashfiyot rasman tasdiqlandi. Ish natijalari Historical Biology jurnalida chop etilgan. Topilma 80 million yil oldingi kech bo‘r davriga tegishli ekani aniqlangan.

“Biz bu tuxumlarni kichik teropod dinozavriga tegishli deb hisoblaymiz”, deydi Xitoy Geologiya fanlari universiteti dots.nti Xan Fenlu.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu kashfiyot kech bo‘r davriga mansub teropodlar evolyutsiyasi va reproduktiv usullarini tushunishda katta ahamiyatga ega.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.

    'O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 13:18

    O‘zbekistonda turizm uchun yangi imtiyoz va subsidiyalar joriy etildi

    Turistlar oqimini ko'paytirish, xizmatlar sifatini oshirish va investitsiyalarni rag'batlantirishni ko'zda tutadi.