Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Turkiyada ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar diqqatiga ma’lumot taqdim etdi.
Ish turlari:
− temirchi (armaturshik);
− qolipchi (opalubshik);
− g‘isht teruvchi (kamenshik).
Ish vaqti:
umumiy 8 soat va qo‘shimcha to‘lanadigan 2 soat (jami 10 soat)
Dushanba-shanba.
Oylik ish haqi: 950 AQSH dollari.
Nomzodlar uchun talablar:
− 30-45 yosh;
− rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilish;
− sudlanmagan;
− qurilish sohasida tajriba (3-10 yil);
− jismonan sog‘lom.
Ish beruvchi hisobidan:
Aviachipta va viza to‘lovi (ishchining oylik maoshidan 3 oy davomida ushlab qolinadi), tibbiy sug‘urta, 3 mahal ovqat, yotoqxona.
Fuqaro hisobidan:
Agentlik xizmati, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, o‘qitish va ko‘niktirish uchun to‘lov.
Ro‘yxatdan o‘tish (temirchi - 150 kishiga yetsa, to‘xtatiladi)
Ro‘yxatdan o‘tish (qolipchi - 200 kishiga yetsa, to‘xtatiladi)
Ro‘yxatdan o‘tish (g‘isht teruvchi - 100 kishiga yetsa, to‘xtatiladi)
Tanlov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Tanlov vaqti va joyi haqida ma’lumot ro‘yxatdan o‘tgan nomzodning xorijdaish.uz platformasidagi akkauntiga yoki telefon raqamiga sms yuboriladi.
Murojaat uchun: 71 200-00-61, 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.






