AsosiyJamiyat

Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

Yengil mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan shaxsning o‘zini tutishi shubhali ko‘ringan.

'Toshkentda YPX xodimi tomonidan qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi'ning rasmi

Uchtepa tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda YHXB xabar qildi.

2024 yil 17 oktyabr kuni soat 02:00 larda Toshkent shahar, Chilonzor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi B.Jumagulov tomonidan Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida "Matiz" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda, yo‘lovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.D.ning xatti-harakatlari xodimlarda shubha uyg‘otgan. Yo‘lovchining ma’lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda, A.D. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanib, qidiruvda ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro A.D. Uchtepa tumani IIO FMBga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar