AsosiyJamiyat

Toshkentda pulli  “parkovka” narxlari tasdiqlandi

Pulli to‘xtash joylari 5 ta tarif zonasiga bo‘linadi.

'Toshkentda pulli  “parkovka” narxlari tasdiqlandi'ning rasmi

Shahar hokimligining qaroriga ko‘ra, pulli to‘xtash joylari quyidagi 5 ta tarif zonasiga (1 soat uchun) bo‘linadi:

1⃣ - tarif zonasi — 12 ming so‘m;

2⃣ - tarif zonasi — 10 ming so‘m;

3⃣ - tarif zonasi — 8 ming so‘m;

4⃣ - tarif zonasi — 6 ming so‘m;

5⃣ - tarif zonasi — 5 ming so‘m;

Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev sharhiga ko‘ra, quyidagi toifadagi transport vositalaridan to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun to‘lov undirilmaydi: 

favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan foydalaniladigan jigarrang, qizil yoki ko‘k-qizil miltillovchi chiroq va maxsus

ovozli signallar bilan jihozlangan transport vositalari;

old va orqa oynalarida “7.17” yo‘l belgisi tasviri tushirilgan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning transport vositalari (jumladan, nogironlar uchun

mo‘ljallangan maxsus transport vositalari);

 II Jahon urushi qatnashchisining transport vositasi;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydigan ikki g‘ildirakli transport vositalari.

Bundan tashqari, parkingda, shu jumladan, savdo, xizmat ko‘rsatish, tibbiyot, sport, madaniy-ko‘ngilochar muassasalar yonidan besh foiz joy (lekin 1 donadan kam bo‘lmagan) imtiyozli ruxsatnomaga ega shaxslar uchun ajratiladi.

    Boshqa yangiliklar