AsosiyJamiyat

Paxta terimiga majburlash bilan bog‘liq holatlar nazoratga olindi

Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi bunday holatlar zudlik bilan o‘rganilishini bildirdi.

'Paxta terimiga majburlash bilan bog‘liq holatlar nazoratga olindi'ning rasmi

O‘zbekistonda paxta terimiga majburlash bilan bog‘liq holatlar Senatning Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda paxta yig‘im-terimiga chiqmagan fuqarolarga nafaqa puli to‘lanmasligi, shu bilan birga maktab o‘qituvchilarini paxta yig‘im-terimi ishlariga chiqarishga majburlash bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda.

“Mazkur holatlar zudlik bilan o‘rganiladi hamda mas’ullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi ta’minlanadi”, deyiladi Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya xabarida.

Shu kabi holatlar aniqlangan taqdirda 1282  yoki 1092 qisqa raqamlariga yoki @munosibmehnat_bot Telegram boti orqali murojaat qilish mumkinligi bildirildi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi majburiy mehnatning har qanday shakliga qat’iy qarshiligini, o‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishini noqonuniy holat ekanini bildirgan.

“Hurmatli pedagoglar, agar siz vakolatingizga kirmaydigan yumushlarga jalb qilinsangiz, zudlik bilan vazirlikning ishonch telefon raqamlari (71) 202-09-09 ga qo‘ng‘iroq qiling” deyiladi vazirlik vakili e’lon qilgan xabarda.

Qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aniqlangan har qanday noqonuniy holat yuzasidan huquq-tartibot organlari orqali, albatta, tegishli chora ko‘rilishi ta’minlanadi.

Hukumat tomonidan 9 oktyabrdan boshlab qo‘lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilangan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:48

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:31

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:37

    'Urushda qatnashgan o‘zbekistonga sud hukm o‘qidi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:04

    Urushda qatnashgan o‘zbekistonga sud hukm o‘qidi

    Россия ва Украина ўртасидаги урушда қатнашган Ўзбекистон фуқароси Наманган туман судининг қарорига кўра, 9 йил 6 ой озодликдан маҳрум қилинди.

    'Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:39

    Toshkentda qor yog‘ishi sabab jamoat transporti harakatida kechikishlar kuzatilishi mumkin

    Noqulay ob-havo sharoyiti tufayli poytaxtda jamoat transporti belgilangan harakat jadvalidan chetga chiqishi ehtimoli mavjud.