AsosiyJamiyat

Davron Kabulovning otasiga sud hukmi o‘qildi

Bosh prokuratura ish bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

'Davron Kabulovning otasiga sud hukmi o‘qildi'ning rasmi

Sal avval boshlovchi Davron Kabulov davlat tomonidan otasiga katta miqdorda jarima belgilangani va xorijga chiqishga ham cheklov qo‘yilgani haqida gapirgani aks etgan videosi tarmoqlarda tarqalgan edi. Bosh prokuratura holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, 2023 yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 18 oktyabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz ta’minoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga o‘rnatilgan tamg‘ani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi ta’sir aralashuvida uzishga erishib, jami 907.558 kub metr miqdoridagi 344 mln. 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2023 yil 22 dekabr kuni R.Kabulovga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2024 yil 27 mart kungi hukmiga ko‘ra, R.Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.

Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln. 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali foydasiga undirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:30

    Umummilliy “AI Hackathon”ning navbatdagi bosqichiga start berildi

    Joriy yilning 20 yanvar kuni Samarqandda Ikkinchi Umummilliy “AI Hackathon”ning mintaqaviy bosqichining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    'Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:07

    Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari ozodlikka chiqqaniga izoh berildi

    Mazkur holat jamoatchilik orasida turli talqin va taxminlarga sabab bo‘lgani munosabati bilan Toshkent shahar sudi matbuot xizmati jazoning negi yengilroqqa o‘zgartirilgani bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

    '"Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:41

    "Qamoqda Bekzodmisiz, Bekmisiz, kim bo'lsangiz ham hamma uchun qonun bir!"

    Baxtiy Toshkentiyning oʻgʻli Bekzod Zafarov panjara ortidagi hayoti haqida gapirib berdi.

    'AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 17:23

    AQSHda noqonuniy yashayotgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi

    Америка Қўшма Штатларида ноқонуний бўлиб турган 44 нафар Ўзбекистон фуқароси ватанга қайтарилди.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:38

    'Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.01.2026 16:00

    Turkiyadagi ayollar koloniyasiga o‘zbek adabiyotlari to‘plami taqdim etildi

    Ayni paytda ushbu yopiq turdagi ayollar jazoni ijro etish koloniyasida saqlanayotgan o‘zbekistonliklarning ahvoli o‘rganildi.