AsosiySalomatlik

Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab maktab o‘quvchilarining 60 foizdan 90 foizgacha va kattalarning deyarli 100 foizi tish kariyesidan aziyat chekmoqda.

'Qanday mahsulotlar tishlar salomatligi uchun foydali?'ning rasmi

SSV Matbuot xizmati tibbiyot fanlari doktori Haydar Komilovning tishlar uchun foydali bo‘lgan  mahsulotlar haqidagi ma’lumotini e’lon qildi.

— Kariyes va milk kasalliklaridan tashqari, ko‘pchilik og‘izdan noxush hid kelishidan aziyat chekadi. Yaxshi gigiyena va to‘g‘ri ovqatlanish buning oldini oladi yoki butkul bartaraf qiladi. Buning uchun, avvalambor, tarkibida rux (sink) bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling. U baliq va qisqichbaqasimonlar, qizil go‘sht, tuxum, yasmiq va yong‘oqlar (bodom va keshyu)da uchraydi. Suv, choy, olma, apelsin va yogurt ham yomon hidga qarshi yaxshi vositalardir.

Gingivit kabi parodont kasalliklar qisman tishlar orasida qolib ketadigan ovqat qoldiqlarida mavjud bo‘lgan bakteriyalar sabab kelib chiqadi. D vitamini kalsiy va fosforning so‘rilishini osonlashtiradi, milk va tishlarni bakteriyalarga nisbatan ancha chidamli qiladi. 

Bu vitaminni nafaqat quyosh nuri, balki baliqning yog‘li turlarini iste’mol qilish orqali ham olish mumkin. Omega-3 kislotalarining yuqori miqdori tufayli yog‘li baliqlarni haftasiga ikki marta yeyish maqsadga muvofiq.

S vitaminiga boy mahsulotlar milkning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan kollagen ishlab chiqarish kamayib ketishining oldini olishga yordam beradi. Kollagen kamayishi milkning pastga tushib ketishidek jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. S vitamini apelsin, limon, greypfrut, mandarin, kivi, qizil bulg‘ori, qora smorodina, brokkoli, papayya kabi mahsulotlarda bo‘ladi.

Sut, pishloq va yogurt suyak hamda tishlar uchun muhim mineral bo‘lgan kalsiyning manbai hisoblanadi. Masalan, pishloq tishlarni himoya qiladi, chunki uni iste’mol qilganimizda bakteritsid xususiyatlarga boy bo‘lgan tupurik ko‘proq ishlab chiqariladi. Ismaloq, no‘xat, brokkoli, karam yoki tofuda kalsiy mavjud.

Fosfor ham tish tuzilishini optimal tarzda saqlash uchun juda muhimdir. Bu mineral sut, tuxum va baliq kabi mahsulotlarda bo‘ladi.

Seldr o‘simligida olma kislotasi mavjud bo‘lib, u tupurik ishlab chiqarishga yordam beradi, bu esa, o‘z navbatida, tishlarni tozalaydi va dog‘larni yo‘qotadi. Barcha sabzavotlar singari seldrni ham ozuqaviy xususiyatlarini saqlab qolgan, xom holda iste’mol qilish, salatlarga qo‘shib yeyish yaxshi.

Ko‘k choyda katexin, antioksidant bo‘lib, u bakteriyalar keltirib chiqaradigan milk yallig‘lanishining oldini olishga yordam beradi. Agar ko‘k choy siz uchun achchiqlik qilsa, unga limon yoki ozgina sut qo‘shib ichishingiz mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi'ning rasmi

    Salomatlik 04.08.2025 18:44

    Yurak qayta tiklanishining yangi usuli topildi

    Olimlar "infarkt"dan keyin yurak toʻqimalarini qayta tiklashning yangi usulini oʻylab topdi.

    'Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi'ning rasmi

    Salomatlik 12.07.2025 11:18

    Qo‘shni davlatlarda kuydirgi avj oldi

    Kasallikning O‘zbekistonga ta’siri qanday? Infeksiya kirib kelmasligi uchun qanday choralar ko‘rilmoqda?

    'Ozishga mo‘ljallangan ukollarni oddiy va foydali mahsulotlar bilan almashtiring'ning rasmi

    Salomatlik 30.06.2025 18:05

    'Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 20:00

    Quyosh tig‘i ostida sotilayotgan ichimliklar saraton xastaligini keltirib chiqaradimi?

    Yozning jazirama kunlarida salqin ichimliklarning inson salomatligiga zararli ekanligini aslo unutmaslik lozim. Ayniqsa, ular quyosh tig‘i ostida saqlanayotgan bo‘lsa.

    'Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas'ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 17:25

    Tunda tez-tez uyg‘onish odati shunchaki noqulaylik emas

    Balki jiddiy kasalliklarning ilk belgilari bo‘lishi mumkin.

    ''ning rasmi

    Salomatlik 25.06.2025 08:57