AsosiyJamiyat

Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasida yong`in sodir bo`ldi

'Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasida yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Bugun, 11 iyul kuni soat 14:00 lar atrofida Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumanida joylashgan Chotqol davlat biosfera qo`riqxonasining Maydontol va Laylakchi bo`limlari hududida yong`in sodir bo`lgan. Bu haqda FVV xabari berdi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yong`in maydoni o`rmonning 10 gektardan 20 gektargacha bo`lgan hududni tashkil etadi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining o`rmon yong`inlarini bartaraf etish bo`yicha maxsus otryadi xodimlari etib borgan. Shuningdek, yong`inni bartaraf etishga Mudofaa, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirliklari hamda boshqa ixtisoslashtirilgan tuzilmalarning kuch va vositalari ham jalb etilgan.

Yaqin vaqt ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu yong`inni o`chirish bo`yicha qo`shimcha ma`lumot taqdim etadi. Vaziyat to`liq nazorat ostida, deyiladi rasmiy xabarda.

    Boshqa yangiliklar