AsosiySport

O`zbekistonlik futbolchi Fransiya chempionatida to`p tepishi mumkin

'O`zbekistonlik futbolchi Fransiya chempionatida to`p tepishi mumkin'ning rasmi

O`zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda futbol jurnalisti Faxriddin Ro`ziev o`z Telegram sahifasida ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, 19 yoshli futbolchiga “Lans” klubi qiziqish bildirmoqda. Hozirda “Lans” klubi vakillari va Husanovning agentlari o`rtasida muzokara o`tkazilmoqda.

Abduqodir Husanov Belarusning “Energetik-BGU” klubi futbolchisi hisoblanadi. O`tgan mavsum u Belarus chempionatida 10 ta o`yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko`ra, Husanov 400 ming evroga baholangan.

Ta`kidlash joiz, Husanov agar “Lans”ga o`tsa, u Fransiya chempionatida to`p tepadigan birinchi o`zbekistonlik futbolchiga aylanadi. 

    Boshqa yangiliklar