AsosiyJamiyat

Chirchiqda 27 yoshli yigit o`zini 8 qavatdan tashlab yubordi (video)

'Chirchiqda 27 yoshli yigit o`zini 8 qavatdan tashlab yubordi (video)'ning rasmi

2023 yil 9 iyul kuni soat 09:20 larda Qoraqalpog`istonning Amudaryo tumanida tug`ilib, Chirchiq shahrida ota-onasi va singlisi bilan birga yashab kelayotgan 27 yoshli yigit uyning 8-qavatidan o`zini tashlab yuborib, halok bo`ldi.

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko`ra, marhum D.R. besh yil davomida oila a`zolari bilan birgalikda Rossiyada ishlab, joriy yilning may oyi boshida O`zbekistonga qaytib kelgan. Shu kungacha, Bo`stonliq tumanida oilasiga tegishli bo`lgan dala hovlida qurilish ishlari bilan band bo`lgan.

Marhumning otasining so`zlariga ko`ra, joriy yilning mart oylaridan boshlab D.R.ning ruhiy holati buzilishi kuzatilgan. Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar