O`zbek san`ati va madaniyatini keng targ`ib qilishga qo`shgan hissasi, yosh avlodni qo`shiqchilik san`atiga bo`lgan qiziqishini oshirish yo`lidagi xizmatlari hamda qutlug` 50 yoshga to`lishi munosabati bilan "Bolalar" guruhi yakkaxoni Tohir Sodiqov “O`zbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan taqdirlandi.
Muassasa rahbari D.Sheraliev xonandaning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, “Bolalar” guruhi doimo eng yaxshi estrada guruhi maqomiga sazovor bo`lishiga tilak bildirdi.






