AsosiyJamiyat

O`zbekistonda umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishga tushiriladi

'O`zbekistonda umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin qayta tiklanuvchi energiya qurilmalari ishga tushiriladi'ning rasmi

O`zbekistonda o`tkazilgan "Yangi O`zbekiston: taraqqiyot, innovasiya va ma`rifat" mavzusidagi xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligining "Yangi O`zbekistonning qulay biznes muhiti va investision jozibadorligi" nomli umum sessiya doirasida "Yashil energetika" sohasining rivojlanish istiqbollari” panel sessiyasida,  joriy yil yakuniga qadar umumiy quvvati 1,8 gigavattga yaqin kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari ishga tushirilishi to`g`risida O`zbekiston Respublikasi Energetika vaziri tomonidan ma`lumot berildi.
 

Bunda qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o`rnatish, iste`molchilarni muqobil energiyaga o`tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish orqali 2023-yilda qo`shimcha 5 milliard kilovatt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarish va 4,8 milliard metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar