AsosiyDunyo

Turkiyaning ikki viloyati suv toshqinlari ostida qoldi

'Turkiyaning ikki viloyati suv toshqinlari ostida qoldi'ning rasmi

20 oktyabr Turkiyaning Do`zje va Zonguldak viloyatlarida kuchli yomg`irdan keyin ko`plab joylarda suv toshqinlari sodir bo`ldi, ayrim uylar va qishloq xo`jaligi ekinlari zarar ko`rdi, deb xabar bermoqda Trend.

Kecha kechqurundan beri Do`zjeda kuchli yomg`ir avtomobillar harakatida qiyinchilik tug`dirgan, ba`zi yo`llar yopilgan. Kuchli yomg`ir tufayli ikki qavatli uy qulab tushgan.

Viloyat gubernatori Jovdet Atayning aytishicha, 470 dan ortiq fuqaro xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan.

Eslatib o`tamiz, 7 iyul kuni Surxondaryoda seldan keyin xarsangtoshlar qishloqlarni bog`lovchi dovon yo`lini yopib qo`ygan edi. O`sha kuni Namanganda sodir bo`lgan sel toshqinida 2 ayol halok bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar