2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:22da Samarqand shahar “Gagarin” ko`chasida joylashgan 36-uyning tom yopmasini bir qismi esgan kuchli shamol sabab ko`tarilib pastga tushgan. Bu haqda Samarqand IIB xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, sodir bo`lgan holat natijasida jabrlanganlar yo`q.
Ma`lumot uchun: viloyat Gidrometeorologiya xizmatining ma`lumotiga ko`ra, 2022 yil 16 yanvar kuni soat 03:17 larda Samarqand shahrida 15 m/s tezlikda shamol esgan.
Sodir bo`lgan holat sabab samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi fuqarolarga kuchli shamol vaqtida xavfsizlikka rioya etish bo`yicha tavsiyalar berdi:
- yashash joylarda eshik derazalar, cherdak va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o`chirish;
- ko`chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko`p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalaridagi hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo`yish yoki mustahkam qilib harakasizlantirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, metro bekatlari, er osti o`tish yo`llari va boshqa er osti himoya inshootlariga yashirinish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz erlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari, va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- elektr va gaz jihozlari tekshirilgandan so`ng foydalanish talab etiladi.






