Qonunchilikga ko`ra, yo`qolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan darslik va o`quv metodik qo`llanmalar o`quvchining ota-onasi, shuningdek ularning o`rnini bosuvchi shaxslar yoki o`qituvchilar tomonidan quyidagi tartibda to`lanadi:
- darslik va o`quv metodik qo`llanmalar ko`rinishida;
- birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) ko`rsatilgan qiymat miqdorida:
- birinchi sinf o`quvchilarining har bir darslik va o`quv metodik qo`llanmalari uchun – uning bir baravari miqdorida;
- 2 – 4 sinf o`quvchilarining har bir darslik va o`quv metodik qo`llanmalari uchun – uning ikki baravari miqdorida;
- 5 – 9 sinf o`quvchilarining har bir darslik va o`quv metodik qo`llanmalari uchun – uning to`rt baravari miqdorida.






