"Jenoa" klubi bosh murabbiy Andrey Shevchenkoni iste`foga chiqardi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Shevchenko "Jenoa"ni qabul qilib olganiga ikki oy bo`lganiga qaramay, ko`rsatgan natijalari tufayli hamkorlik to`xtatildi.
45 yoshli ukrainalik mutaxassis qo`l ostida jamoa 11ta uchrashuvda maydonga tushdi. A Seriyada 9ta o`yinda 3ta durang va 6ta mag`lubiyatni qabul qilib oldi. Italiya kubogida esa 1ta g`alaba va 1ta mag`lubiyat qayd etildi.






