AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda uch egizak qiz tug`ildi. Ularga Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismlari qo`yildi

'Qashqadaryoda uch egizak qiz tug`ildi. Ularga Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismlari qo`yildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi tug`uruqxonada bir kunda uch nafar egizak qizaloq va Fotima-Husan ismli chaqaloqlar dunga keldi. Bu haqda «Daryo»ga tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Gulilaylo Tugalova xabar berdi.

Qayd etilishicha, Farangiz, Mehrangiz va Parizoda ismli qizaloqlar Jamshid Sattorov hamda Muhsina Sunnatovalar xonadonida dunyoga kelgan. Fotima va Husan ismli egizak chaqaloqlar tumandagi Ahmedovlar oilasida tug`ilgan.

«Egizak qizaloqlar 2022 yilning 11 yanvar kuni Xo`jahayron qishlog`ida yashovchi Jamshid Sattorov xonadonida tug`ilgan. Qizaloqlar muddatidan oldin tug`ilgan bo`lsa-da, ahvoli yaxshi. Ayni kunda shifokorlar nazoratida», — deydi Gulilaylo Tugalova.

Tuman hokimligi axborot xizmati rahbarining qo`shimcha qilishicha, ayni shu kuni tuman markazida yashovchi Ahmedovlar oilasida ham ikki nafar egizak — Fotima va Husan ismli chaqaloqlar dunyoga kelgan.

 

    Boshqa yangiliklar