AsosiyJamiyat

Tashkent City'da tom qulashi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi

'Tashkent City'da tom qulashi haqidagi xabarga oydinlik kiritildi'ning rasmi

2019 yilning 2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Tashkent City Kongress-markazi tomi qulashi haqida xabar tarqatilgan edi.

O`tkazilgan tekshiruv natijasida mazkur axborot haqiqatga to`g`ri kelmasligi, tom qismi butun holatda ekanligi aniqlandi. Hozirda yolg`on xabar tarqatilishining sabablari va manbalarini aniqlash ishlari olib borilmoqda, deya xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ma`lum bo`lishicha, Tashkent City Kongress-markazi hudud seysmik jihatlari inobatga olingan holda, zilzilabardoshligi 9 ballgacha etib qurilgan.

Avvalroq bloger “Tashkent City”da qurib foydalanishga topshirilgan kongress-xoll tomining bir qismi qulab tushganligini xabar bergan edi. Uning yozishicha, tom qulagan paytda uning ustida usta bo`lgan, u chaqqonlik qilib o`z hayotini saqlab qolgan. Lekin repitisiyadagilar qattiq qo`rqib, vahimaga tushib qolishgan. Ordan ko`p o`tmay, voqea joyiga shahar hokimi etib kelgan.  

Boshqa yangiliklar