AsosiyJamiyat

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi xalqaro olimpiada sovrindori bo`ldi

'Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi xalqaro olimpiada sovrindori bo`ldi'ning rasmi

Universitet iqtisodiyot fakultetining 2-bosqich talabasi Abdumalik Abduqayumov shu yilning 28 iyul – 3 avgust kunlari Bolgariyaning Blagoevgrad shahrida talabalar o`rtasida o`tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida faxrli 3-o`rinni qo`lga kiritdi, deb xabar berdi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining rasmiy telegram kanali.


Mazkur olimpiadada 43 ta davlatdan 360 nafar talaba ishtirok etib, o`zaro kuch sinashdi.

Ishtirokchilar olimpiada shartlariga ko`ra ikki bosqichda matematik tahlil, sonlar nazariyasi, kompleks tahlilga oid topshiriqlarni bajardilar.

Musobaqa natijalarga ko`ra TDIU talabasi Abdumalik Abduqayumov bronza medalini qo`lga kiritdi.


    Boshqa yangiliklar