Tinimsiz yog`ingarchilik Angliyaning Derbishir grafligida joylashgan Toddbruk suv ombori to`g`onining bir qismi buzilishiga sabab bo`ldi. Voqea ortidan Ueyli Bridj shahridan bir necha minglab aholi evakuasiya qilindi. Ekspertlarning fikricha, 1831 yilda barpo etilgan to`g`on butunlay buzilsa, Goyt daryosi vodiysida joylashgan aholi punktlari 2 metr chuqurlikda, suv ostida qoladi. Polisiya xavfsizlik nuqtai nazaridan Bakston va Beykvell shaharlari orasidagi avtotrassani to`sib qo`ydi.
Bakston aholisi vaziyat bordi-yu, yomonlashsa evakuasiya etilishi borasida ogohlantirildi. Britaniyalik injenerlar hozirda 300 million gallon suv sig`imiga ega bo`lgan rezervuar to`g`onning butunlay vayron bo`lishining oldini olish bo`yicha choralar ko`rmoqda. So`nggi bir necha kun davomida kuzatilgan tinimsiz yog`ingarchilik Angliyaning shimoliy mintaqalarida suv toshqinlarini keltirib chiqardi. Ayrim hududlarda ko`priklar vayron bo`lgani va avtomobil yo`llarining o`pirilgani xabar qilinmoqda.






