Shimoliy Koreya kecha Yapon dengizi tomon yana ikkita raketa uchirdi. Bu so`nggi bir haftada kuzatilgan ikkinchi huddi shunday holatdir. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, ballistik raketalar Xodo yarim orolidagi Xamgyon-Namdo provinsiyasidan uchirilgan. Janubiy Koreya mudofaa vazirligi ma`lumotlariga ko`ra, raketalar 250 km masofani bosib o`tib, dengizga qulagan. Bundan bir hafta avval ham xuddi shu kabi holat ro`y bergan edi. Mazkur holatga fikr bildirgan kun chiqar yurt bosh vaziri Sindzo Abe ushbu raketalar Yaponiya xavfsizligi uchun tahdid solmaganini ma`lum qildi.
Ushbu masalada Tokio Qo`shma shtatlar va boshqa davlatlar bilan hamkorlikda ishlashini ma`lum qildi. Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri rahbarligi esa 1 avgust kuni Bangkokda boshlanuvchiJanubi- Sharqiy Osiyo davlatlari assosiasiyasi forumida ushbu masalani yaponiyalik hamkasbi bilan muhokama qilishini bildirdi. O`z navbatida XXR tashqi ishlar vazirligi vakili mintaqada tinchlikni saqlash uchun AQSh va KXDR birgalikda Koreya yarim orolini denulearizasiya etish jarayonida hamkorlikda harakat qilishi lozimligini ta`kidladi.






