AsosiyJamiyat

Buxoroda yana bir oila tiklandi

'Buxoroda yana bir oila tiklandi'ning rasmi

Ba`zan bir umr birga baxtli yashayman, deb ishongan odamingiz bilan kelisholmay qolasiz. Arzimagan sabab bilan oilangizga darz ketishi ham hech gap emas. Ammo o`rtada farzandlar beayb, sababsiz aziyat chekishadi. Shunday vaqtdamurosa yo`lini tanlashingizga ko`mak beradigan bir kishi topilsa oilani saqlab qolish mumkin.

Fuqarolik ishlari bo`yicha Qorako`l tumanlararo sudining 2014 yil 7 avgustdagi, qarzdor Xoliqov Nabijondan undiruvchi Avezova Muhabbat foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi ta`minoti uchun 1/4 qismi miqdorida aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati Byuroning Vobkent tuman bo`limi ish yurituviga qabul qilingan.Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor N.Xoliqov yashash manzilida topilmaganligi sababli 2017 yil 19 aprelda unga nisbatan qidiruv e`lon qilingan va qidiruv qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Vobkent tuman IIBga yuborilgan.

Qarzdor N.Xoliqov joriy yilning 26 iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan topildi.

MIB Vobkent tuman bo`limi tomonidan qarzdorga nisbatan to`plangan hujjatlar Shofirkon tuman ma`muriy sudiga taqdim etildi. Buning natijasida ma`muriy sud tomonidan qarzdor N.Xoliqovga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksining 474-moddasiga muvofiq 15 (o`n besh) sutka ma`muriy qamoq jazosiga tortildi. Mana shu 15 sutka er-xotinni oila haqidagi fikr-mulohazalarini yanada chuqurroq o`ylashga undadi. MIB xodimlari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari va suhbatlar natijasidaN.Xoliqov va M.Avezovalar yarashib olishdi.

M.Avezova aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatini O`zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonunining 40-moddasi birinchi bandiga binoan ijrosiz qaytarib oldi. MIB yana bir oilaga xotirjamlik yana bir bolaga bolalik quvonchini qaytardi.

    Boshqa yangiliklar