AsosiyDunyo

Eron: tankerlar va yadro dasturi (Video)

'Eron: tankerlar va yadro dasturi (Video)'ning rasmi

Buyuk Britaniya Ormuz bo`g`ozida savdo kemalarining xavfsiz harakatini ta`minlash maqsadida Fors ko`rfaziga o`zining Duncan deb nomlangan harbiy kemasini kiritdi. Bu haqda Euronews.com nashri xabar berdi.

Eslatib o`tamiz, bundan avval Eron tomoni Ormuz bo`g`ozida Buyuk Britaniya bayrog`i ostida harakatlanayotgan Stena Impero tankerini qo`lga olgan edi. Britaniya mudofaa vaziri London harakatlari Eron bilan yuzaga kelgan mojaroni diplomatik yo`llar bilan hal etishga qaratilganini ma`lum qildi. Biroq bunga qadar Qirollik dengiz floti kemalari xavfsizlik nuqtai nazaridan savdo kemalariga hamrohlik qiladi.

Bundan avval Vashington Fors ko`rfazi mintaqasida savdo kemalarining erkin harakatlanishini ta`minlash maqsadida koalisiya tuzish niyatida ekanini ma`lum qilgan edi. Bu esa o`z navbatida Tehron noroziligiga sabab bo`ldi. Ular o`z harbiy flotini Fors ko`rfaziga olib kirmoqchi. Bu provakasion harakat bo`lib, dushmanlik signalidir. Bu kabi haraktlar keskinlikni kuchaytiradi,- deya ta`kidladi Eron hukumati vakili Ali Rabiei. Eron-Amerika va Eron-Britaniya munosablaridagi taranglik ortib borayotgan bir paytda Venada Tehron yadro dasturi bo`yicha kelishuv yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda Eron, Rossiya, Xitoy, Britaniya, Fransiya va Germaniya vakillari ishtirok etmoqda.


Boshqa yangiliklar