AsosiyJamiyat

Janubiy Koreyadagi tungi klubda yuz bergan fojiada O`zbekiston fuqarolari jabrlanmagan

'Janubiy Koreyadagi tungi klubda yuz bergan fojiada O`zbekiston fuqarolari jabrlanmagan'ning rasmi

Mamlakatimizning Seul shahridagi Elchixonasining Konsullik bo`limi bergan ma`lumotga ko`ra 2019 yilning 27 iyul kuni Kvandju shahridagi (Koreya Respublikasi) tungi klublardan birida yuz bergan bino qismining qulab tushishi oqibatida halok bo`lgan va jarohatlanganlar ro`yxatida O`zbekiston fuqarolari, jumladan suv sporti turlari bo`yicha jahon chempionatida ishtirok etayotgan yurtimiz sport delegasiyasi a`zolarining nomlari yo`q. O`zbekiston tashqi ishlar vazirligi axborot xizmati xabarida qayd etilishicha, shahar polisiyasi ham ushbu ma`lumotni tasdiqlagan.

Janubiy Koreya huquqni muhofaza qilish organlari xabariga ko`ra mazkur hodisa oqibatida 2 kishi halok bo`lgan, 17 kishi, jumladan 9 nafar jahon chempionatining xorijlik ishtirokchilari jarohat olgan.

Bir oz avval ommaviy axborot vositalarida to`qqiz nafar sportchi jabrlangani haqida xabarlar tarqalgandi. Unda to`rt amerikalik, ikki yangi zelandiyalik, bir nafar gollandiyalik, italiyalik va braziliyalik hamda jahon chempionatiga aloqador bo`lmagan ikki nafar O`zbekiston fuqarosi jarohatlangani ma`lum qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar