Boris Jonson Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimiga tayinlandi. Tereza Mey esa iste`foga chiqdi. Prezident Shavkat Mirziyoev Boris Jonsonga Konservatorlar partiyasi etakchisi saylovida g`alaba qozongani hamda Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri lavozimiga tayinlangani munosabati bilan tabrik yo`lladi.
Buyuk Britaniya qirolichasi Elezavetta-II ishtirokida bo`lib o`tgan rasmiy lavozimga tayinlash marosimidan so`ng, konservator Boris Jonson Daunn Stritda nutq so`zladi. U 31 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Evropa Ittifoqidan chiqib ketishini va`da qildi. Yangi Bosh vazir odamlar kutishdan charchaganliklarini ta`kidladi. Shu bilan birga u Brexit bo`yicha yangi kelishuv tuzish zarurligini bildirdi.
"Biz yangi kelishuvni amalga oshiramiz, bu hozirgi kelishuvdan yaxshiroq bo`ladi. Bu Buyuk Britaniyaning EI dan chiqish imkoniyatini maksimal darajada oshiradi. Bu bizga erkin savdo va o`zaro yordam tamoyillariga asoslangan Evropaning qolgan qismi bilan yangi, istiqbolli hamkorlikni rivojlantirishga imkon beradi",- deya ta`kidladi.Boris Jonson Tereza Meyga amalga oshirgan ishlari uchun chuqur minnatdorchilik izhor etdi.






