AsosiyJamiyat

Sirdaryoda Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Biznes-akselerator” o`quv-amaliy markazi tashkil etildi

'Sirdaryoda Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun “Biznes-akselerator” o`quv-amaliy markazi tashkil etildi'ning rasmi

Ushbu markaz Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi.

Sirdaryo viloyatida Biznes-akselerator o`quv-amaliy markazi faoliyatini tashkil etish to`g`risida Hukumat qarori qabul qilindi (545-son, 30.06.2019 y.). Bu haqida “Huquqiy axborot” kanali ma`lum qilmoqda.

Qarorga muvofiq, Innovasion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovasion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi huzurida davlat muassasasi shaklidagi maktabgacha yoshdagi bolalar uchun innovasion texnoparkni ham o`z ichiga oluvchi “Biznes-akselerator” o`quv-amaliy markazi tashkil etildi.

Qaror bilan Markazning asosiy vazifalaridan etib quyidagilar belgilandi:

• zamonaviy axborot va innovasion texnologiyalar bo`yicha o`quv kurslarini tashkil etish;

• yoshlarda mustaqil tadqiqotchilik va tadbirkorlik ko`nikmalarini shakllantirish va uni rivojlantirish, shuningdek, innovasion ishlanmalarni rag`batlantirish;

• yosh tadbirkorlarga o`z biznesini samarali yo`lga qo`yish orqali qo`shimcha ish o`rinlarini yaratishga ko`maklashish.

Markaz faoliyati Sirdaryo pedagogika kollejiga qarashli bo`lgan 1 va 2-son talabalar yotoqxonasida tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar