So`nggi ma`lumotlarga ko`ra, tabiiy ofat oqibatida 7 kishi halok bo`lgan, yana 9 nafar inson esa bedarak yo`qolgan. Bu haqda Ntdtv.ru nashri habar berdi.
153 nafar jabrlanganlar shifoxonalarda qolmoqda. Umumiy hisobda 10 ming nafar aholi istiqomat qiluvchi 4000 mingdan ortiq uy- joy butunlay suv ostida qolgan. Toshqinlar oqibatida mahalliy yo`llarga katta zarar etgan. Toshqinlardan ayniqsa Tulun shahri katta talofatlar ko`rdi. Ushbu hududdagi Iya daryosi suv sathi 14 metrga qadar ko`tarilib ketgan. Tabiiy ofatdan ko`rilgan zarar miqdori 800 million rublga baholanmoqda.
Qishloq xo`jaligi sektoridagi yo`qotishlar esa 300 million rublga teng ekanligi aytilyapti. Meteorologlar daryolarda suv sathi asta-sekin kamayishini, biroq hafta so`ngida vaziyat yanada og`irlashishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. Hududda favqulodda holat tartibi joriy etilgan. FVV odamlarni xavf hududidan evakuasiya qilish ishlarini olib bormoqda.






