Donald Tramp KXDR hududiga qadam ranjida qilgan AQSh tarixidagi ilk prezidentga aylandi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri habar berdi.
U Kim Chen In hamrohligida demilitarizasiya hududini kesib o`tdi. Tramp Yaponiyaning Osaka shahrida bo`lib o`tgan “Katta 20” lik davlatlari sammitidan so`ng Shimoliy Koreyaga tashrif buyurdi. Kim Chen In ushbu qadam yomon o`tmishning ortda qolgani va yangi kelajakka yo`l ochishiga o`ziga xos ishora ekanligini ta`kidladi. Rasmiy jarayonlardan so`ng Tramp va Kim janubiy Koreya hududiga o`tib prezident Mun Je In bilan uchrashdi.
U erdagi “Tinchlik uyida” AQSh va KXDR rahbarlari o`rtasida muzokaralar bo`lib o`tdi. Shundan so`ng Tramp yaqin hafta ichida ikki tomon muloqot guruhini tuzishini ma`lum qildi. U shuningdek, Kim Chen Inni Oq uyga taklif etish niyatida ekanligini bildirdi. Ekspertlar ushbu uchrashuv Koreya yarim orolini yadro qurolidan holi hududga aylantirish bo`yicha Pxenyan va Vashington o`rtasidagi muzokaralarning boshi berk ko`chadan chiqishiga yordam berishi mumkinligini ta`kidlashmoqda.






