AsosiyDunyo

Meksikani muz va qor qopladi (Video)

'Meksikani muz va qor qopladi (Video)'ning rasmi

Yoz oyida o`rtacha harorat 31 darajadan pastga tushmaydigan Meksikaning Gvadlaxara shahrida kutilmagan holat ro`y berdi.

Yakshanba kungi kuchli bo`rondan so`ng shahar qor va muz uyumi bilan qoplandi. Yarim hududlarda muz va qor qalinligi hatto 1,5 metrgacha etgan. Shahar ma`muriyati va fuqaro muhofazasi kuchlari katta qiyinchilik bilan ko`chalardagi qalin muz uyumlarni tozaladi. Ayrim xizmatlar tun bo`yi ishlashiga to`g`ri keldi. Shahar polisiyasi qor va muz uyumlari ostida qolib ketgan uylardan aholini evakuasiya qildi.

Mexikodan 540 km shimoli- g`arbda joylashgan Gvadlaxarada 5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Yoz oyida bu erda o`rtacha harorat 31 daraja issiqni tashkil etadi. Hodisa oqibatida 200 dan ortiq uylar va ko`plab avtomobillarga talofat etgan. Shahar gubernatori Xalisko Enrike Alfaro ro`y bergan holat global iqlim o`zgarishi jarayonlarining yorqin misoli ekanligini ta`kidladi.


Boshqa yangiliklar