AsosiyJamiyat

Harbiy orkestrlar festivali: 200 dan ortiq harbiy sozandalardan “Yoshlar kuni”ga sovg`a (Video)

'Harbiy orkestrlar festivali: 200 dan ortiq harbiy sozandalardan “Yoshlar kuni”ga sovg`a (Video)'ning rasmi

O`zbekiston Mudofaa vazirligi hamda Toshkent shahri hokimligi tashabbusi bilan 29 iyun soat 19:00 da Xalqlar do`stligi san`at saroyi maydonida “Musiqa jangovar safda” nomli harbiy orkestrlar festivali bo`lib o`tadi.

Festivalda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari, Ichki ishlar vazirligiga qarashli jami 12 jamoa tarkibida 200 dan ortiq musiqiy sozandalar ishtirokida gala-konsert bo`lib o`tadi.

30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilayotgan festival doirasida harbiy orkestr tomonidan nafaqat harbiy kuy-qo`shiqlar, balki jahon va o`zbek klassik musiqalari ham xalq e`tiboriga havola etiladi.

Yurtdoshlarimizni ushbu gala-konsertga taklif etamiz!


Boshqa yangiliklar